«markaziy bank» tegli maqolalar


5 foizlik inflyatsiya maqsadi 2024 yil oxiriga qoldirildi — Markaziy bank
22 iyul 2022, 18:29

5 foizlik inflyatsiya maqsadi 2024 yil oxiriga qoldirildi — Markaziy bank

Markaziy bank 2023 yildan 5 foizlik doimiy inflyatsiya maqsadiga erishishni 2024 yil oxiriga ko‘chirishga qaror qildi. MB rahbari Mamarizo Nurmuratov mazkur qarorni kelgusi yilda kutilayotgan yuqori inflyatsion risklar va noaniqliklar bilan izohladi.

Markaziy bank O‘zbekistonning 2022 yil uchun YAIM prognozini yaxshiladi
21 iyul 2022, 18:38

Markaziy bank O‘zbekistonning 2022 yil uchun YAIM prognozini yaxshiladi

MB 2022 yilga mo‘ljallangan makroiqtisodiy prognozlarini qayta ko‘rib chiqdi — YAIM o‘sishi yiliga 5−5,5% darajasida kutilmoqda, aprel oyida prognoz 3,5−4,5%ni tashkil etdi. Inflyatsiya 12−14% koridorining quyi chegarasi yaqinida prognoz qilinmoqda. Regulyator asosiy stavkani pasaytirish qarorini tushuntirdi.

Amerika banklari 13 ta holatda O‘zbekistondagi kompaniyalar to‘lovlarini muzlatib qo‘ydi — MB
21 iyul 2022, 17:16

Amerika banklari 13 ta holatda O‘zbekistondagi kompaniyalar to‘lovlarini muzlatib qo‘ydi — MB

Amerika banklari 13 holatda O‘zbekistondagi kompaniyalarning to‘lovlarini muzlatib qo‘ydi yoki musodara qildi. Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari Botir Zaxidov qaysi hollarda kompaniyalarda tranzaksiyalar bilan muammolar yuzaga kelganini so‘zlab berdi.

O‘zini o‘zi band qilganlarning o‘rtacha daromadini aniqlash va shu asosda kredit ajratish rejalashtirilmoqda
21 iyul 2022, 16:29

O‘zini o‘zi band qilganlarning o‘rtacha daromadini aniqlash va shu asosda kredit ajratish rejalashtirilmoqda

MB raisi Mamarizo Nurmuratov o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarning o‘rtacha daromadini statistika yordamida aniqlash mezoni ishlab chiqilayotganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, shu orqali norasmiy daromad topayotgan shaxslarga kredit ajratish tizimini yo‘lga qo‘yish maqsad qilingan.

MB asosiy stavkani 15 foizga tushirdi
21 iyul 2022, 12:08

MB asosiy stavkani 15 foizga tushirdi

O‘zbekiston Markaziy banki asosiy stavkani 1 foizga pasaytirib, yillik 15 foizga tushirdi.

Naqd pullarning umumiy pul hajmidagi ulushi keskin oshdi — Markaziy bank
20 iyul 2022, 10:28

Naqd pullarning umumiy pul hajmidagi ulushi keskin oshdi — Markaziy bank

O‘tgan yilning birinchi yarmida banklarning naqd pul xarajatlari daromaddan 1,1 trln so‘mga oshgan bo‘lsa, bu yilgi farq 10 marta ortib — 11,7 trln so‘mga yetdi. MB talabni muomalaga qo‘shimcha naqd pullarni chiqarish orqali ta’minlashga harakat qildi, natijada naqd pulning umumiy pul hajmidagi ulushi oshib ketdi.

Senat 1000 so‘mlik tanga chiqarilishini ma’qulladi
15 iyul 2022, 08:44

Senat 1000 so‘mlik tanga chiqarilishini ma’qulladi

Senat nominal qiymati 1000 so‘m bo‘lgan yangi tanga namunasi va dizaynini ma’qulladi. Markaziy bank uni yil oxirigacha muomalaga chiqarishni rejalashtirmoqda. Ushbu nominaldagi qog‘oz pullarning tangaga almashtirilishi haqida yil boshida xabar berilgan edi.

Markaziy bank nima uchun 200 ming so‘mlik banknot chiqarilishi tezlashganiga izoh berdi
14 iyul 2022, 21:12

Markaziy bank nima uchun 200 ming so‘mlik banknot chiqarilishi tezlashganiga izoh berdi

Markaziy bank 200 ming so‘mlik banknotalarni nima uchun avval rejalashtirilgan 2024 yildan ancha avval muomalaga chiqarishga qaror qilinganiga izoh berdi. Regulyator buni muomaladagi naqd pullarning umumiy hajmida 100 ming so‘mlik kupyuralar ulushining keskin oshgani bilan izohladi.

200 ming so‘mlik banknota muomalaga chiqariladi
13 iyul 2022, 13:19

200 ming so‘mlik banknota muomalaga chiqariladi

Markaziy bank 15 iyuldan 200 ming so‘mlik banknota muomalaga chiqarilishini ma’lum qildi. Mazkur banknota «Buyuk Ipak yo‘li» hamda Farg‘ona vodiysining qadimiy tarixiga bag‘ishlangan.

Markaziy bank bankomatdan naqd pul yechish uchun komissiya oshirilganiga munosabat bildirdi
12 iyul 2022, 00:10

Markaziy bank bankomatdan naqd pul yechish uchun komissiya oshirilganiga munosabat bildirdi

Dushanba kuni tarmoqlarda banklardan biri bankomatda naqd pul yechish uchun komissiya miqdorini 1 foizdan 3 foizgacha oshirgani haqida xabarlar tarqaldi. Markaziy bank tijorat banklari komissiya miqdorini mustaqil belgilashini aytib, foiz oshirilishi «erkin bozor sharoitida o‘zini oqlamasligiga» ishontirmoqda.

May oyida so‘mning real kursi yana 1,8 foizga qadrsizlandi
10 iyun 2022, 10:48

May oyida so‘mning real kursi yana 1,8 foizga qadrsizlandi

May oyida so‘mning real ayirboshlash kursi fevral oyidan buyon 8 foizga pasayib, yana 1,8 foizga qadrsizlandi. Markaziy bank buni yuqori inflyatsiya va hamkor mamlakatlarda valyuta kurslarining ko‘p yo‘nalishli o‘zgarishi bilan izohladi.

MB asosiy stavkaning 16 foizga tushirilishi bo‘yicha tushuntirish berdi
9 iyun 2022, 16:52

MB asosiy stavkaning 16 foizga tushirilishi bo‘yicha tushuntirish berdi

Markaziy bank iqtisodiy xatarlarning salbiy ta’siri bosqichma-bosqich barham topishi, valyuta bozori barqarorlashuvi va boshqa sabablarni hisobga olgan holda asosiy stavkani yillik 17 foizdan 16 foizga tushirishga qaror qildi. Inflyatsiya prognozi o‘zgarishsiz qoldirildi.

MB asosiy stavkani 16% etib belgiladi
9 iyun 2022, 12:21

MB asosiy stavkani 16% etib belgiladi

Markaziy bank asosiy stavkani 1 foiz bandga pasaytirib, yillik 16 foiz darajasida belgiladi. Mart oyida asosiy stavka 14 foizdan 17 foizgacha ko‘tarilgandi.

Mamarizo Nurmuratov MB raisligiga qayta tayinlandi
28 may 2022, 13:04

Mamarizo Nurmuratov MB raisligiga qayta tayinlandi

Senatorlar Mamarizo Nurmuratov nomzodini ikkinchi muddatga Markaziy bank boshqaruvi raisi lavozimiga tasdiqladi. U 2017 yildan beri mazkur lavozimda faoliyat yuritib kelmoqda.

MB nima uchun banklar kredit berishni rad etayotganiga izoh berdi
24 may 2022, 22:09 2

MB nima uchun banklar kredit berishni rad etayotganiga izoh berdi

Fuqarolar Markaziy bankka tijorat banklari «noma’lum sabablarga ko‘ra» kredit ajratmayotganidan shikoyat qilishmoqda. Ularning so‘zlariga ko‘ra, rad etish vaqtida bank xodimlari qarz oluvchilar «qora ro‘yxat»ga kiritilganini ma’lum qilishmoqda. MB gap mijozning kredit tarixi haqida ketayotganini bildirdi.

Bir oy ichida muomaladagi naqd pullar rekord darajada — 5,3 trln so‘mga oshdi
19 may 2022, 12:33

Bir oy ichida muomaladagi naqd pullar rekord darajada — 5,3 trln so‘mga oshdi

Aprel oyida muomaladagi naqd pullar hajmi rekord darajada — 5,3 trln so‘mga oshdi. Markaziy bank avvalroq mart oyining ikkinchi yarmida boshlangan naqd pulga bo‘lgan talab keskin oshgani haqida xabar bergan edi.

«Imtiyozli kreditlar — samarali pul-kredit siyosati uchun jiddiy muammo» — MB
16 may 2022, 21:08

«Imtiyozli kreditlar — samarali pul-kredit siyosati uchun jiddiy muammo» — MB

Markaziy bank imtiyozli kreditlash amaliyotining makroiqtisodiy samaradorligi pastligi va ushbu amaliyot samarali pul-kredit siyosati uchun jiddiy muammolardan biri ekanligini qayd etdi. 2019 yildan boshlab ularni bozor foizlariga yaqinlashtirish uchun stavkalar ko‘tarila boshladi, biroq, MB asosiy stavkasi o‘sishi bilan o‘rtadagi farq yana oshdi.

MB bankomatlarda naqd pul yetishmasligi haqidagi xabarlarga izoh berdi
11 may 2022, 18:17 1

MB bankomatlarda naqd pul yetishmasligi haqidagi xabarlarga izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda bankomatlardan naqd pul yechib olish bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelgani haqida xabarlar tarqalmoqda. Markaziy bank mazkur uzilishni naqd pulga talab ortishi va logistika muammolari bilan izohladi. Regulyator aholining naqd pulga bo‘lgan ehtiyojini qondirish uchun barcha imkoniyatlarga ega ekanligiga ishontirmoqda.

Mart oyida xorijiy valyutadagi omonatlarga qiziqish keskin oshdi. Sabablar
11 may 2022, 11:03

Mart oyida xorijiy valyutadagi omonatlarga qiziqish keskin oshdi. Sabablar

Birinchi chorakda o‘zbekistonliklar xorijiy valyutadagi omonatlarga 2,2 trln so‘m ekvivalentidagi mablag‘larni yo‘naltirdi. Ularning aksariyati mart oyiga to‘g‘ri keladi. Markaziy bank xorijiy valyutadagi omonatlarga talab ortishi sabablarini tushuntirdi.

O‘zbekistonda valyuta kursi inflyatsiyaga qanday ta’sir ko‘rsatadi?
8 may 2022, 14:40

O‘zbekistonda valyuta kursi inflyatsiyaga qanday ta’sir ko‘rsatadi?

Markaziy bank valyuta kursi narxlarga qanday ta’sir ko‘rsatishini tahlil qildi. Valyuta kursining o‘zgarishi inflyatsiyaga bevosita — import qilinadigan tayyor mahsulotlar narxlarining o‘zgarishi hisobiga hamda bilvosita — import qilinadigan xom ashyo narxlarining o‘zgarishi hisobiga ta’sir qilishi mumkin. Almashuv kursining 1 foiz bandga qadrsizlanishi uzoq muddatda inflyatsiyaning 0,28 foiz bandga tezlashishiga sabab bo‘ladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting